Google Translate kompyuter tarjimoni xizmatidan foydalanuvchilar uchun qirg‘iz tilidagi millionga yaqin so‘zlardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda “Qirg‘iz vikipediyachilar harakati” loyihasi boshlig‘i bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Google Translate saytidagi so‘nggi yangilanishdan keyin foydalanuvchilar ilk bor qirg‘iz, korsika, kurd va yana o‘nta yangi tildan foydalanishi mumkin. Shunday qilib, tarjimon xizmati jami 103 ta tilni tushunadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Google Translate onlayn tarjima xizmatida o‘zbek tili 2014-yilning dekabrida paydo bo‘lgandi.
Izoh (0)