Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya ma’muriy-hududiy subyektlarining rahbarlari amaldorlar savodxonligi reytingida oxirgi o‘rinni egalladi. Tadqiqot natijalarini e’lon qilgan “Rossiyskaya gazeta” nashrining ma’lum qilishicha, reyting A. S. Pushkin nomidagi Davlat rus tili instituti hamda Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi tomonidan hamkorlikda tuzilgan. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: “News.mail.ru”

Foto: “News.mail.ru”

Mintaqalar rahbarlarining savodxonlik koeffitsiyenti 10 balldan 2,3 ga teng deb topilib, ular reytingda 4-o‘ringa qo‘yildi. Birinchi pog‘onani 9,4 ballik ko‘rsatkich bilan federal vazirlar band qilgan bo‘lsa, ulardan so‘ng Davlat Dumasi deputatlari (6,4 ball) va mahalliy boshqaruv organlari vakillari (6,3 ball) joylashdi.

Koeffitsiyentni hisoblab chiqarishda muayyan vaqt birligida amaldorlar nutqida nechta xato kuzatilishiga e’tibor qaratildi. Agarda o‘n daqiqalik nutq davomida bitta xatoga yo‘l qo‘yilsa, unda amaldorning koeffitsiyenti o‘nga, beshta xato kuzatilgan taqdirda – ikkiga teng bo‘ladi.

Tahlil obyekti sifatida radio va televideniyedagi chiqishlar olindi. Umumiy xulosaga ko‘ra, amaldorlarning nutqi “savodli va rus adabiy tili me’yorlarining buzilish hollari kam kuzatiladi”. Bundan tashqari, notiqlar aksar holatlarda boy lug‘atga ega bo‘lib, iboralar va pretsedentli matnlardan o‘rinli foydalanilishi aniqlandi.

“Siyosatchilarning nutqi, umuman olganda, mantiqiylik va dalillanganlik bilan tavsiflanadi”, – deyiladi tadqiqotda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ekologik ofat”: Kaxovka GES portlashining beshta dahshatli oqibati
Kino
“Odamlarga insoniyatni qirib yuboruvchi kometadan qaysidir mashhur xonandaning ishqiy munosabati qiziqroq…” — “Tepaga qaramang” filmi haqida
Dunyo
Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qiluvchilar soni ko‘paymoqda