Somalining Daallo Airlines aviakompaniyasiga tegishli A321 yo‘lovchi samolyotining bortida 2-fevral kuni yuz bergan portlash uchun javobgarlikni “Ash-Shabob” guruhi o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Al Jazeera telekanali ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Daallo Airlines aviakompaniyasining samolyoti Somali poytaxti Mogadishodan Jibutiga uchib chiqqan edi. Bortida 74 yo‘lovchi bo‘lgan layner to‘rt ming metr balandlikka ko‘tarilganida gumburlagan ovoz eshitilgan va fyuzelyajda o‘ng qanot yonida samolyot eshigi kattaligidagi yoriq paydo bo‘lgan. Uchuvchilar favqulodda qo‘nishga qaror qilgan. Hodisa natijasida bir kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi yaralangan edi.
Somali Transport va aviatsiya vaziri Ali Ahmed Jamak matbuot anjumanida ushbu portlashning terakt ekanligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)