Echki Timur va yo‘lbars Amur yanvar oyida paydo bo‘lgan nizodan keyin, bundan buyon birga yashamaydi, lekin, panjara ortidan bir-birini ko‘rib turadi. Bu haqda Primorye o‘lkasining safari bog‘i direktori Dmitriy Mezensev bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
“Alohida joyga chiqarilgan echki Amurga tegishli bo‘lgan bog‘ning ortidagi katta bog‘ga qaytariladi. Amur va Timur to‘siqli panjara ortidan bir-birini ko‘rib turadi”, ― dedi Mezensev.
Ta’kidlanishicha, tayga hududida Timurning yo‘lbars va leopardlarniki kabi atrofi o‘ralgan va hayvonlarni kuzatishga mo‘ljallangan maxsus maydonchali haqiqiy bog‘i paydo bo‘ladi.
“Timurni yolg‘iz qoldirmaslik uchun, unga eng yaxshi juft bo‘la oladigan echkini aniqlash maqsadida tanlov e’lon qilingan. Ilk nomzodlar paydo bo‘ldi. Tanlovda ishtirok etish uchun munosib ishtirokchilar haqida ma’lumot yuboring”, ― deya ma'lum qildi Mezensev.
Izoh (0)