Daryo

The Independent Sky telekanali “Sug‘ur kuni” filmini 13 marta namoyish etishi haqidagi xabarni 13 bor chop etdi

1993-yilda suratga olingan mazkur kartinada Bill Myurrey bosh rolni ijro etgan

1 daqiqa o‘qish15 198 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: The Independent

2-fevral, mahalliy vaqt bilan 6:40 dan e’tiboran Buyuk Britaniyaning Sky telekanali shu kuni AQSh va Kanadada nishonlanadigan sug‘ur kuni bayramiga bag‘ishlangan maxsus efirini boshlaydi. Bu haqda Tjournal xabar bermoqda.

Foto: The Independent

Telekanal sutka mobaynida faqat  “Sug‘ur kuni” filmini (1993-yilda suratga olingan mazkur kartinada Bill Myurrey bosh rolni ijro etgan) namoyish etadi: tomoshabinlar ushbu vaqt davomida filmni 13 marta ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Foto: Twitter/Throrgon

O‘z navbatida, The Independent ham hazilni davom ettirdi va bu haqdagi xabarni bir sahifada ketma-ket 13 bor chop etdi.

Foto: The Independent
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar