Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Saudiya Arabistonining sharqidagi ash-Sharqiya okrugida terrorchi-xudkushlar tomonidan shialar masjidiga uyushtirilgan hujum qurbonlari soni to‘rt kishiga yetdi. Bu haqda mahalliy OAV bergan ma’lumotlarga asosan “Interfaks” xabar qilmoqda.

Foto: “Svit24”

Foto: “Svit24”

Shuningdek, 18 nafar kishi yaralandi.

Oldinroq, uch kishining halok bo‘lganligi xabar qilingan edi.

Ma’lum qilinishicha, huquq-tartibot idora vakillari juma namozi boshlanishidan oldin, masjid eshigining oldida ikki nafar terrorchini to‘xtatgan.

Shunda terrorchilardan biri masjidning ostonasida o‘zini portlatib yuborgan, ikkinchisi esa, huquq-tartibotchilar bilan otishma boshlagan. U yaralanib, qo‘lga olinganda, unda xudkush kamari borligi aniqlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Raqamli detoks: gadjetlar ta’sirini kamaytirishga yordam beradigan 7 ta maslahat
Mahalliy
Jamshid Qo‘chqorov SHHT tarkibida yangi qo‘mita tuzishni taklif etdi
Mahalliy
Toshkentda 11 yoshli qizga nisbatan uyatsiz, buzuq harakatlar qilgan 54 yoshli erkak qamoqqa olindi