Hindistonning shimoli-sharqidagi Megxalaya shtatida avtobus ishtirokida yuz bergan YTH oqibatida kamida o‘n kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi tan jarohati oldi. Bu haqda Hindustan Times gazetasining ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, avtobus jarlikka qulab ketgan. Hodisa joyida qutqaruvchilar ishlamoqda. Avtobus ichida odamlar berkilib qolganligi xavfi mavjud.
Jabrlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazildi.
Yo‘l-transport hodisalari soni bo‘yicha Hindiston dunyoda birinchi o‘rinni egallab keladi.
Izoh (0)