Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning 209 ta milliy uyushmasiga ko‘rsatiladigan 250 ming dollar miqdoridagi bir yillik moliyaviy yordam 1 milliard dollargacha oshirilishi mumkin. Bu haqda FIFA prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘ygan Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Husaynning saylovoldi dasturida keltirilgan ma’lumotlarga tayanib “TASS” xabar qilmoqda.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Shahzodaning ma’lum qilishicha, xalqaro futbol uyushmalari FIFAning haqiqiy kuchi hisoblanadi.

FIFAning yangi prezidenti saylovlari 2016-yil 26-fevralda bo‘lib o‘tadi.

Shahzoda Alidan tashqari, prezidentlik lavozimi uchun FIFA bosh kotibining sobiq o‘rinbosari, fransuz Jerom Shampan, Nelson Mandellaning safdoshi, JAR uy-joy qurilish sobiq vaziri Tokio Seksvale, Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) bosh kotibi Janni Infantino kurashadi.

Eslatib o‘tamiz, nomzodlardan biri, shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa mazkur lavozimga saylangan taqdirda maoshidan voz kechishini ma’lum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Afg'oniston
Amerikaliklarga qaraganda samaraliroq: “Tolibon” Afg‘onistondagi ko‘knori maydonlarini qanday yo‘q qilmoqda?
Dunyo
Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari
Mahalliy
“Protivogaz kiydirib uribdi, bo‘g‘ishgan, barmoq izlari bor, itni ham bu darajada qiynoqqa solmaydi” — Bo‘kadagi IIB binosida o‘ldirilgan marhum haqida (video)