Daryo

Misrda Facebook’ning bepul servisi blokirovka qilindi

“Free Basics’dan Misrda endi foydalanish mumkin emasligidan afsusdamiz”, — deya ta’kidlagan Facebook vakillari

1 daqiqa o‘qish9 078 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Svit24”

Misr Free Basics servisi (Facebook funksiyalaridan bepul foydalanish) blokirovka qilingan Hindistondan keyingi ikkinchi mamlakat bo‘ldi. Blokirovkaga mazkur xizmat ijtimoiy tarmoqqa va mamlakatda man etilgan ayrim saytlarga kirishga imkon berishi sabab bo‘lgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: “Korrespondent.net”

Servis ikki oy ishlashi davomida unga Misrda 3 million kishi ulangan, ulardan 1 millioni shu tariqa internetdan ilk bor foydalangan.

“Free Basics’dan Misrda endi foydalanish mumkin emasligidan afsusdamiz”, — deya ta’kidlagan Facebook vakillari.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar