BAA qurolli kuchlari ofitseri Yamanning Taaz shahri hududidagi harbiy harakatlar davomida halok bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
BAA qurolli kuchlari oliy qo‘mondonligining ma’lum qilishicha, harbiy xizmatchi shaharni isyonchi shialarning “Ansor Alloh” harakati va sobiq prezident Ali Abdulloh Solih tarafdorlaridan ozod etish uchun o‘tkazilayotgan operatsiyalar davomida halok bo‘lgan.
Oxirgi oylarda Taaz shahrida bir tomondan isyonchi xusiylar va Solih tarafdorlari bilan ikkinchi tomondan arab koalitsiyasi qo‘llab-quvvatlayotgan mahalliy qabilalar o‘rtasida faol to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda.
Izoh (0)