Janubiy Italiyaning Kazerta viloyatida 10-dekabr, payshanba kuni tongda politsiya maxsus bo‘linmasi va karabin bilan qurollangan askarlar tomonidan uyushgan jinoyatchilikka qarshi yirik ko‘lamli operatsiya o‘tkazildi. Operatsiya jarayonida 24 kishi, jumladan, mahalliy ma’muriyat organlari vakillari va nufuzli tadbirkorlar hibsga olindi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Italiya huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotiga ko‘ra, operatsiya mahalliy jinoiy tashkilot kamorri doirasida faoliyat yurituvchi qudratli “Kazalezi” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan. Hibsga olinganlarga mafiya faoliyatiga aloqadorlik, jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan pullarni undirish yuzasidan ayblov e’lon qilindi.
Operatsiya jarayonida taxminiy qiymati 60 million yevroni tashkil etuvchi yirik savdo markazi musodara etildi. Tergov organlarining ma’lum qilishicha, ushbu tijorat obyekti 2011-yilning dekabridan buyon qamoqda saqlanayotgan “Kazalezi” jinoiy to‘dasining rahbari Mikele Dzagariyaga tegishlidir.
Operatsiya Neapolning Mafiyaga qarshi kurashish boshqarmasi qarori bilan amalga oshirilganligi ma’lum qilindi.
Izoh (0)