KXDR rasmiylari Yaponiyadan Koreya yarim orolida hukmronlik qilgan davrida sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni tan olishni talab qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
6-noyabr, juma kuni matbuotda e’lon qilingan mamlakat tashqi ishlar vazirligi vakili bayonotida ta’kidlanishicha, yapon rasmiylari mazkur davrda ishlatish uchun 8,4 milliondan ziyod koreyalikni olib ketgan, ulardan bir millionga yaqini halok bo‘lgan. 200 mingga yaqin koreyalik xotin-qizlar esa yapon armiyasi zobit va askarlari tomonidan “ovunish uchun ayol” sifatida foydalanilgan. KXDR Yaponiya “1910-1945 yillardagi misli ko‘rilmagan yovuzliklar uchun kechirim so‘rashi va uning qurbonlariga tegishli tovon to‘lashi” lozimligini bildirgan.
KXDR TIV bayonoti Seulda Janubiy Koreya va Yaponiya aynan ushbu masalada ikki mamlakat o‘rtasidagi muzokaralarni faollashtirish yuzasidan kelishib olganidan so‘ng chop etildi.
Izoh (0)