Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Filippinga jo‘nab ketishidan oldin terma jamoa sardori Odil Ahmedov “Lokomotiv” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi. Bu haqda “Lokomotiv” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: lokomotiv.uz

Foto: lokomotiv.uz

Odil Ahmedov Saydulla Tursunov murabbiylik qilayotgan “Lokomotiv—2005” futbolchilarining mashg‘ulotini ko‘rish uchun Labzakdagi mashg‘ulot maydoniga tashrif buyurdi. U yerda mohir yarim himoyachini “Lokomotiv” jamoasi boshlig‘i Qobil Yunusov, futbol maktabi direktori Erkin Saidov hamda murabbiylar Saydullo Tursunov va Sunnat Ro‘ziyev kutib oldi.

Odil Ahmedovdek futbolchi bilan uchrashuv yosh bolakaylarda iliq taassurot qoldirdi. Ular Ahmedovga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdi, shuningdek, birga suratga tushdi.

Foto: lokomotiv.uz

Foto: lokomotiv.uz

Ahmedov O‘zbekistonning eng kuchli futbolchilaridan biri. Uning katta futbolga kirib kelishi “Lokomotiv”da ro‘y bergan, biroq keyinchalik “Paxtakor”ga o‘tib ketgan. Futbolchi hozirda faoliyatini Rossiya Pryemer-ligasi vakili “Krasnodar”da davom ettirmoqda. U yaqinda O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi sardori etib tayinlandi. Odil Ahmedov uchrashuv oxirida 10-raqamli futbolkasini “Lokomotiv” futbol maktabi direktori Erkin Saidovga esdalik sovg‘asi sifatida taqdim etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Bishkekda suv tanqisligi keskinlashdi: xususiy hammomlar, avtomoyka va basseynlar yopilmoqda
Mahalliy
Toshkentda avtobus va Cobalt ishtirokidagi YTHning sababi ma’lum bo‘ldi
Tojikiston
Deportatsiya o‘rniga urushga: Rossiya rasmiylari Tojikiston fuqarosini majburan frontga jo‘natmoqchi