Yaponiyada jamoat joylarida bosqichma-bosqich ravishda selfi tayoqlaridan foydalanishga cheklov qo‘yish boshlanadi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Yaqinda Mie prefekturasida joylashgan eng yirik ko‘ngilochar bog‘ — Nagashima Spa Land basseynlar va attraksionlarga selfi tayoqlari bilan kirishni taqiqlagan. Bog‘ vakillari ushbu cheklov xavfsizlik nuqtai nazaridan kiritilganini ma’lum qilgan.
Iyun oyida Ayti prefekturasidagi Inuyama shahrida joylashgan maymunlar bog‘ida selfi tayog‘idan foydalanish taqiqlangan. Yaponiya temiryo‘l tizimida ham bunday cheklov joriy qilinishi kutilmoqda. Shuningdek, Walt Disney kompaniyasi o‘zining butun dunyodagi bog‘larida selfi tayog‘ini ishlatishga qo‘ygan taqiqi Tokiodagi Disneyland uchun ham amal qiladi.
Izoh (0)