Qirg‘izistonning Botken viloyatida Rossiyaning uch nafar alpinisti halok bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Rossiyalik alpinistlar Lenin cho‘qqisiga chiqishda halok bo‘lgan. “Ularning jasadini evakuatsiya qilish uchun respublika Havo mudofaa kuchlarining vertolyotlarini ishga solishga to‘g‘ri keldi”, — deyiladi respublika Qurolli kuchlari bosh shtabi xabarida.
Bosh shtabning ta’kidlashicha, Havo mudofaa kuchlari aviatsiyasi tomonidan joriy yil davomida o‘ndan ortiq parvoz amalga oshirilgan. Natijada 26 kishi qutqarilgan, sakkiz nafar halok bo‘lganlarning jasadi aholi punktlariga yetkazilgan.
Izoh (0)