Tunisda favqulodda vaziyat ikki oyga uzaytirildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net” mamlakat prezidentining matbuot xizmati ma’lumotiga asoslanib.
Prezident bosh vazir va qonun chiqaruvchi organlar bilan maslahatdan so‘ng, 3-avgustdan boshlab favqulodda vaziyatni yana ikki oyga uzaytirishga qaror qildi.
Tunisning Sus shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatidan so‘ng, 4-iyul kunidan mamlakatda favqulodda holat joriy etilgan edi.
Izoh (0)