Irlandiyalik sayyoh Mikki Makkaldin Keniyaning Masai-Mara qo‘riqxonasiga sayohati chog‘ida kutilmaganda gepardga duch keldi. Bu haqda “Nur.kz” xabar beradi. Yirtqichlardan biri avtomobilning orqa o‘rindig‘iga chiqib oldi. Xavfli hayvon unga juda yaqin kelganiga qaramasdan, u xotirjamligini yo‘qotmadi.
Gepard oilasining onasi bolalari bilan mashina tomiga chiqib oldi. Bir necha daqiqadan so‘ng gepard mashinani tark etdi.
Izoh (0)