Hindistonda o'tkazilgan diniy festivalda yuzaga kelgan tiqilinch natijasida 27 kishi halok bo'ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Tiqilinch Andxra-Pradesh va Telangana shtatlari chegarasida joylashgan Rajamandri shahrida kun yorishib, marosim boshlanganidan 2 soatcha o‘tgach sodir bo‘ldi. Bu festivalda minglab odamlar muqaddas Godavari daryosida cho'miladi.
Manbalarda ta’kidlanishicha, yana 40 kishiga shikast yetkazilgan. Qurbon bo‘lganlarning aksariyati ayollar bo‘lib, ular orasida 15 yoshli qizcha ham bo‘lgan.
Izoh (0)