Jahon banki tomonidan e’lon qilingan xarid imkoniyatlari mutanosibligi (XIM) hisobga olingan yalpi ichki mahsulot miqdori bo‘yicha dunyo mamlakatlari reytingida O‘zbekiston 171,416 milliard dollarlik YaIM (XIM) bilan 64-o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda UzDaily.
2013-yilda O‘zbekiston ushbu reytingda 156,256 milliard dollarlik YaIM (XIM) bilan 66-o‘rinni egallagan edi. Real YaIM miqdori bo‘yicha O‘zbekiston 62,644 milliard dollarlik ko‘rsatkich bilan 73-o‘rinni egallagan. 2013-yilda O‘zbekiston ushbu reytingda 75-o‘rinda bo‘lgan.
Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yil O‘zbekistonda aholi jon boshiga YaIM 2090 dollarni tashkil etgan (2013-yilda 1878 dollar) va bu borada 159-o‘rinni egallagan. Aholi jon boshiga YaIM (XIM) bo‘yicha esa 5840 dollarlik ko‘rsatkich bilan 146-o‘rinni egallagan.
Izoh (0)