Ispaniyaning Marca gazetasi o‘z o‘quvchilar orasida bu mavsumda Primeroning eng yaxshi futbolchisini aniqladi, deb xabar bermoqda “Championat.asia”.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, muxlislarning 67,2% Lionel Messiga ovoz berdi. “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa 20,5% ovoz yig‘a oldi.
“Qirollik klubi”ning kolumbiyalik yarim himoyachisi Xames Rodriges 7,6% ovoz bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)