Qozog‘istonning Olma-ota shahrida yashovchi Rustam ismli yigit o‘z qaylig‘ining qo‘lini so‘rash uchun avval yolg‘on mushtlashuv uyushtirib, uni qattiq qo‘rqitdi, deb yozadi “Nur.kz”.
Bunda yigitga do‘stlari yordam bergan. Ular Rustamga qo‘ng‘iroq qilib, go‘yoki uni o‘z singlisinin himoya qilishga chaqirgan. Yigit aytilgan joyga kelib, ko‘plab “raqiblar” bilan dahanaki mushtlashuvga kirishgan. Bundan esa qiz qattiq qo‘rqib ketgan.
https://youtu.be/5nUBGV-lW2A
Janjal avjiga chiqqanda, qiz o‘tirgan mashina yoniga bortiga “Zarina, menga turmushga chiq. Sening Rustaming!” yozuvi osilgan “Gazel” avtomobili kelgan. Musiqa boshlanib ketgan, yigit esa qaylig‘ining oldiga katta guldasta va uzuk bilan kelgan. Qiz ushbu kutilmagan tarzda qilingan taklifga rozilik bildirgan.
Izoh (0)