Bugun, 14-aprel kuni Toshkentdagi The Bowler bouling klubida Tashkent Open 2015 xalqaro turniri boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot markazi xabar berdi.
Mazkur xalqaro turnirda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Ukraina, Ozarbayjon va Qirg‘izistondan kelgan 50 nafarga yaqin professionallar qariyib bir hafta davomida g‘oliblik uchun bahs yuritadilar. Ular orasida Jahon kubogi hamda qator nufuzli musobaqalarning g‘olib va sovrindorlarini ham o‘rin olganligi, har bir bahsni o‘ta murosasiz kurashlar ostida kechishidan dalolat beradi.
Turnir reglamentiga ko‘ra dastlabki besh kun davomida saralash musobaqalari o‘tkaziladi. Ushbu musobaqalarda yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan 32 nafar sportchi 19-aprel kuni o‘tkaziladigan hal qiluvchi bosqichda medallar uchun kurash olib boradi.
Izoh (0)