Toshkentdagi Chang Hao Group MChJ tomonidan qishloq mehnatkashlari uchun taniqli Lifan markasi ostida yuk mototsikllarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.
Korxona ta’sischisi Kim Chang so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqarishni tashkil qilishdan avval kompaniya O‘zbekiston bozorini, turli mahsulotlar yetkazib berish orqali, batafsil o‘rganib chiqdi. Va aynan yuk mototsikllari katta ommaboplikka ega ekanligini aniqladi. Ularga qishloq aholisi, jumladan fermerlar qiziqish bildiradi.
Ushbu loyiha poytaxt hokimiyati va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Toshkent shahri bo‘yicha hududiy boshqarmasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)