Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2015-yil 29-mart kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari to‘g‘risidagi qarori matni MSK matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

Foto: elections.uz

Foto: elections.uz
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90, 117-moddalari, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14, 35, 36-moddalari, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari va O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalaridan olingan ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

Qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq haqiqiy va bo‘lib o‘tgan deb topilsin.

2. Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblansin.

3. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin.

Eslatib o‘tamiz, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 17 million 122 ming 597 nafari yoki 90,39 foizi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Islom Abdug‘aniyevich Karimovni yoqlab ovoz bergan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
“Daryo kundaligi”da 28-mart kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana pastladi