O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida 203 ta yong‘in qayd etilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 3 nafar fuqaro tan jarohatlari olishgan va 2 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Ushbu yong‘inlarda 982 million so‘mdan ortiq qurilish materiallari va 1 milliard 60 million so‘mga yaqin moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.
Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi fuqaroning uyida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in natijasida uyning 40 kvadrat metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashagan fuqaro uyida mast holda sigareta chekib uxlab qolishi natijasida sigareta cho‘g‘idan yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida 2 kvadrat metr maydonda uy jihozlar yonib zararlangan va uy egasi tutundan dimiqib halok bo‘lgan.
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaroning xonadonida yong‘in xavfsizligi talablariga zid ravishda elektr isitish moslamasi ustiga matolarni quritish uchun ilib qo‘yib, nazoratsiz qoldirilishi oqibatida matolarning tutab yonishidan ushbu xonadonda uxlab yotgan uy egasining 2 yoshli qizi tutundan dimiqib halok bo‘lgan.
Izoh (0)