YuNKTAD tashkilotining B2C (korxona − iste’molchi) elektron savdosi bo‘yicha yangi indeksida 130 mamlakat orasida O‘zbekiston 78-o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Hisobotga ko‘ra, 100 foiz aholi o‘z uyida pochta jo‘natmalarini qabul qilish imkoniyatiga ega. YuNKTAD 2011-yil ma’lumotlari bo‘yicha qayd etishicha, O‘zbekiston aholisining 3,4 foizi kredit kartalariga ega. O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchi aholi ulushi 36,5 foizni tashkil etishi, 1 million kishiga 35,3 ta xavfsiz server to‘g‘ri kelishi ma’lum qilingan.
Reytingda Lyuksemburg, Norvegiya va Finlandiya dastlabki o‘rinlarni egallagan. Rivojlanayotgan mamlakatlardan Janubiy Koreya, Gonkong va Singapur yetakchilar qatoriga kirgan. Xaridlarning umumiy hajmi bo‘yicha esa aholisi ko‘p mamlakatlar, jumladan Xitoy, Braziliya va Rossiya yetakchilik qilmoqda.
Izoh (0)