Rahmatilla Mirzayevning vafoti bilan bog‘liq mish-mishlarning kundan-kunga palak yoyishi uning oila a’zolarini ham befarq qoldirmayapti, albatta. Bu vaziyatda ularning hali bitmagan yarasini tirnab, diktofon tutish oson bo‘lgani yo‘q, deb yozadi “Darakchi” gazetasi.
“Bir necha yil avval avtobusda onam bilan buvimlarnikiga ketayotganimizda orqa o‘rindiqda o‘tirgan ikki ayolning suhbati qulog‘imizga chalindi. “Eshitdingmi, diktor Rahmatilla Mirzayevni o‘ldirib ketishibdi”, − dedi biri ikkinchisiga. Aslida akamning oshqozoni bezovta qilib, shifoxonada davolanayotgandi. O‘shanda bu sovuq xabarni eshitgach, onam bilan shifoxonaga uchib borganmiz.
Akam opam va mening suyangan tog‘imiz edi. Chidaymizda, taqdir ekan! Odamlar bilib-bilmay, xuddi o‘zi guvoh bo‘lgandek turli bo‘htonlarni o‘ylab topaverishar ekan! Akam fojiali o‘lim topdi. Ayni shu vaziyatda yonimizda bo‘lib, ko‘cha-ko‘ydagi, internetdagi tuhmat gaplarga ishonmay bizni qo‘llab-quvvatlayotganlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”, − dedi Rahmatilla Mirzayevning singlisi Malika Xolmatova.
Izoh (0)