Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi a’zosi 2015-yil 2-mart kuni o‘ziga nisbatan o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘lgan avtobus haydovchisi ishdan chetlatilganini 3-mart kuni avtokorxona ma’lum qilgani haqida xabar qoldirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avtokorxona vakili qo‘ng‘iroq qilib, haydovchi hozircha bir necha kunga ishdan chetlatilganini, hujjatlari olib qo‘yilganini va ichki tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qilgan va uni haydovchi ishtirokida bo‘ladigan rahbariyat bilan uchrashuvga taklif qilgan. Jabrlanuvchi uchrashuvni rad etib, avtokorxona o‘zi chora ko‘rib, qilingan ishlar haqida rasmiy xat jo‘natishni so‘ragan.
Shuningdek, u shikoyatiga bir sutkadan kam vaqt ichida javob qaytarilganidan qoniqqanligini, telefoni xizmat ko‘rsatish doirasida bo‘lganiga qaramay avtokorxona vakillari oxirigacha urinib u bilan bog‘langani, haydovchiga nisbatan qanday bo‘lsa ham chora ko‘rilgani, rahbariyat ish yanada uzoqqa bormasligi uchun istalgan kelishuvga tayyor bo‘lganini ma’lum qilgan.
Yakunda foydalanuvchi boshqalarni ham faolroq bo‘lishga chaqirib, faollik orqali vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirish mumkinligini va guruhda qoldirgan murojaatlari ham aynan shu maqsadda qilinganini qayd etgan. Izoh beruvchilarning deyarli hammasi uni qo‘llab-quvvatlab fikr bildirgan.
Izoh (0)