2015-yil fevral oyida nashr qilingan “Charlz: Qirol qalbi” kitobida Buyuk Britaniya shahzodasi Charlz hayotining turli qirralari, jumladan uning qirolicha Yelizaveta II, shahzoda Filipp, malika Diana bilan munosabatlari haqida so‘z boradi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Qayd etilishicha, 90-yillar boshlarida Charlz va Diana hali ajrashmagan bo‘lsa ham, ular turmush qurishlari xato bo‘lganini tushunib ulgurgan edi. Diana Dode Al Fayedni, Charlz Kamilla Parker-Blouzni sevib qolgan edi. 1996-yilda ular ajrashgach, aholi orasida katta hurmatga ega bo‘lgan Dianani yupatuvchilar ko‘p topildi, ammo Charlzda bunday kishilar yo‘q edi.
Shunday paytda, aktrisa Emma Tompson unga maktublar yozib, kayfiyatini ko‘tarishga harakat qilgan. U teatrdagi turli voqealar haqida imkoni boricha qiziqarli va kulgili tarzda yozib, shahzodaga taskin berishga uringan.
Izoh (0)