Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Myunxenda bo‘lib o‘tayotgan Xavfsizlik bo‘yicha xalqaro konferensiyada minbardan turib o‘zining so‘zlariga ko‘ra rossiyalik harbiy xizmatchilardan olib qo‘yilgan passport va harbiy guvohnomlarni ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda Meduza.
Qayd etilishicha, Poroshenko o‘zining Twitter’dagi sahifasida Myunxendagi chiqishining translyatsiyasini joylashtirgan. Lavhada u “Ukraina sharqida adashib qolgan rossiyalik askarlar”ga tegishli ekanligi aytilgan pasportlar va harbiy guvohnomalarni ko‘rsatgan.
Izoh (0)