Beeline aloqa yomonligidan shikoyat qilgan abonentiga 5 dollarlik chegirma taqdim etdi. Bu haqda abonentning o‘zi Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhida ma’lum qilgan.
“Beeline’da aloqa yomonligidan shikoyat qilib qoldirgan arizamga bugun javob keldi”, − degan abonent kompaniyadan kelgan SMS xabarlar skrinshotini keltirgan:
Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan Beeline qo‘shimcha xabarda hozirda kompaniya tomonidan butun uyali aloqani modernizatsiya qilish ishlari olib borilayotganini, eng yangi jihoz va dasturlar sotib olinayotganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)