Latviya Milliy qurolli kuchlari o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali NATO havo politsiyasi missiyasining samolyortlari Rossiya Qurolli kuchlariga tegishli Il-76 samolyotini tutish uchun havoga ko‘tarilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya pravda”.
“NATO havo politsiyasi missiyasiga qarashli Typhoon qiruvchi samolyotlari Rossiya Federatsiya Qurolli kuchlarining Il-76 harbiy samolyotini tutish uchun havoga ko‘tarildi”, − deyiladi xabarda.NATO Baltic Air Policing QRA ITA Typhoon jets on 03 FEB scrambled to intercept RU Armed Forces Il-76 over the Baltic Sea.
— NBS (@Latvijas_armija) February 3, 2015
Boltiq dengizi ustida Rossiya samolyotining tutilishi bungacha o‘tgan hafta oxirida kuzatilgan edi. Bundan tashqari, Buyuk Britaniya Harbiy havo kuchlariga tegishli Eurofighter Typhoon qiruvchi samolyotlari Rossiyaning yadro quroli tashishga qodir ikki bombardimonchi samolyotini kuzatib qo‘ygan.
Izoh (0)