“Yilning eng yaxshi futbolchisi” va “Yilning eng yaxshi murabbiyi” so‘rovnomasi o‘z yakuniga yetdi va ikki nominatsiyada kuchli uchlik aniqlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonning 2014-yildagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva), Odil Ahmedov (“Krasnodar”) va Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”) da’vogardir.
Yilning eng yaxshi futbolchisi nomi O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining fevral oyida o‘tkaziladigan yil yakunlariga bag‘ishlangan tadbirida e’lon qilinadi.
Izoh (0)