Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida Yangi yil bayramini nishonlash ichkilikbozlik tufayli qayg‘uli yakun topdi, deb xabar bermoqda “Na postu” gazetasi.
Qattiq mast bo‘lgan erkaklardan biri tanishi bilan munosabatlariga oydinlik kiritib olmoqchi bo‘ladi. Uni tinchlantirishga urinishlarning hammasi besamar ketdi. Oqibatda u qo‘liga pichoq olib, tanishining ko‘ksiga sanchdi.
Natijada jabrlanuvchi Yangi yilni shifoxonada kutib olishiga to‘g‘ri keldi. Mast bezori esa ichki ishlar bo‘limiga keltirilib, o‘z harakatlariga tushuntirish berishiga to‘g‘ri keldi. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)