O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov E. O. Turdimovni Navoiy viloyati hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.

Foto: O‘zA Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasi hamda xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashining qaroriga muvofiq Erkinjon Oqbutayevich Turdimov Navoiy viloyati hokimi lavozimiga tayinlandi.