Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Husayn 2015-yilda Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) prezidenti lavozimini egallashga da’vogarlik qilmoqda, deb xabar berdi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Hozirda Ali bin Al-Husayn FIFA vitse-prezidenti lavozimiga egalik qilishi bilan birga, Iordaniya va G‘arbiy Osiyo futbol federatsiyalariga rahbarlik qiladi.

“Men jamoatchilik e’tiborini oxirgi mojarolardan yana sportga qaytarish vaqti kelgani uchun FIFA prezidenti vazifasini egallashga qaror qildim. Bu oson qaror bo‘lmadi. Men so‘nggi bir necha oy davomida FIFAdagi nufuzli hamkasblarim bilan o‘tkazgan ko‘p sonli muzokaralardan so‘ng shu to‘xtamga keldim”, − deya qayd etdi Ali bin Al-Husayn.

FIFA prezidenti saylovlari 2015-yilning may oyida bo‘lib o‘tadi. Ushbu lavozimga shuningdek, amaldagi FIFA prezidenti Yozef  Blatter hamda tashkilotning sobiq bosh kotibi Jerom Shampan ham da’vogarlik qilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Farg‘onada italiyalik ayol YTH oqibatida vafot etdi
Mahalliy
Jahon banki prognozi: O‘zbekiston keyingi ikki yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yaxshi iqtisodiy o‘sishga ega bo‘ladi
Shou-biznes
Qirol Abdulla II va qirolicha Raniya baxtining aks tomoni: Iordaniya qirollik oilasining sirlari va fojialari