Ukraina sharqida apreldan buyon kamida 4707 kishi halok bo‘ldi, deyiladi Inson huquqlari bo‘yicha BMT Oliy komissari boshqarmasining 15-dekabr kuni e’lon qilingan ma’ruzasida. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ma’ruzada ta’kidlanishicha, aprel o‘rtalaridan 12-dekabrgacha bo‘lgan davrda Ukrainaning nizolar yoyilgan sharqiy viloyatlarida yana kamida 10 322 kishi yaralangan.
O‘t ochish to‘xtatilgan vaqtdan buyon (6-sentabr) hozirgacha (12-dekabr) kamida 1357 kishining o‘limi qayd etilgan.
Izoh (0)