Jizzax shahridagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”. O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yong‘in o‘tgan hafta (9−15-dekabr kunlari oralig‘ida) sodir bo‘lgan, biroq aniq sanasi ko‘rsatilmagan.
Xabar berishlaricha, Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘z uyida mast holda sigareta chekib uxlab qolishi natijasida 1 kvadrat metr maydonda divan yonib, zararlangan.
“Shuningdek, yong‘in natijasida uy egasining tutundan dimiqqan holdagi jasadi topilgan”, – deyiladi IIV xabarida.
Izoh (0)