Apple Yangi yil bayrami ta’tili uchun yangi reklama roligini taqdim etdi. Bu haqda The Verge nashri xabar berdi va ushbu videorolikni yurakka iliqlik ulashuvchi deb atadi.
Apple kompaniyasi kreativlik va o‘ziga xos nimadir yaratish bilan ajralib turadi. Uning navbatdagi reklama roligi ham shular jumlasidandir. Vidorolikda 90-yillarning The Song nomli qo‘shig‘i bugungi kunda Apple qurilmalaridan foydalanadigan qiz tomonidan tinglanadi. Qiz esa buvisining ushbu qo‘shig‘ini 90-yillarda musiqa eshitish uchun foydalanilgan plastinkadan zamonaviy qurilmalarda tinglash uchun tayyorlaydi.
Shundan so‘ng esa qiz ushbu sovg‘ani buvisiga sovg‘a qiladi. Buvisi musiqani tinglab, yoshlik davrlaridagi suratlarini tomosha qiladi va ko‘ziga yosh oladi.
Izoh (0)