Oqdaryo tumanida yashovchi uch nafar fuqaro Samarqand shahriga mehmon bo‘lib borishdi. Shaharni aylanib, kechki payt endi qaytish taraddudiga tushishganida samarqandlik shaxs bilan tortishib qolishadi. Bu haqda “Postda” gazetasiga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda.
Jahlga erk bergan samarqandlik shaxs pichoq bilan ularga turli darajada tan jarohati yetkazadi. Natijada mehmonlardan biri shifoxonaga yotqizildi, ikki nafariga esa tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Zo‘ravon esa qilmishi uchun tergovda javob beradigan bo‘ldi.
Izoh (0)