Taniqli fransuz aktyori Jerar Depardye o‘zining Afrikaga safari davomida ikkita sherni o‘ldirib, ularning go‘shtini yeganini tan oldi, deb xabar bermoqda “Tengrinews.kz”.
Depardyening so‘zlariga ko‘ra, Burkina-Fasodagi yo‘lda sayyohlarning mashinasi buzilib qolgan. Yaqin atrofda ikkita sher bo‘lgani tufayli ular mashinadan chiqolmay o‘tirgan. “Afrikalik haydovchi qattiq qo‘rqib ketgan. Bizning boshqa ilojimiz qolmagan edi, ularni otib o‘ldirdik”, − dedi aktyor. Jurnalistlar Depardye o‘ldirilgan sherlarni yegani haqidagi savolga u ijobiy javob bergan.
Avvalroq 65 yoshli aktyor yoshligida yangi qabrlardan zargarlik buyumlarini o‘g‘irlaganini, tamaki kontrabandasi bilan shug‘ullangani, shuningdek kuniga 14 shishagacha spirtli ichimlik ichishini tan olgani qayd etilgan.
Izoh (0)