Suzish bo‘yicha uch karra Olimpiya chempioni – fransiyalik Lor Manodu Parij yaqinidagi Disneylend istirohat bog‘ida esdalik sovg‘a o‘g‘irlayotganda qo‘lga tushdi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Qayd etilishicha, 28 yoshli sportchi Disneylendga bir dugonasi va 4 yoshli o‘g‘li bilan borgan. Esdalik sovg‘alar do‘konlaridan birida ularni xavfsizlik xizmati xodimlari to‘xtatib, sumkalarini tekshirgan. Manoduning sumkasidan 200 yevrolik, dugonasining sumkasidan esa 300 yevrolik esdalik sovg‘alar topilgan.
Ayollar politsiya uchastkasiga olib borilgan. Biroq huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari surishtiruv o‘tkazgach, ular qo‘yib yuborilgan. Manodu o‘zining Facebook’dagi sahifasida o‘g‘rilik haqidagi xabarni tuhmat deb atagan.
Izoh (0)