Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Oliy Majlis Senatida parlament palatalari va Xalq deputatlari kengashlari o‘rtasidagi elektron formatdagi uzluksiz va samarali aloqani ta’minlovchi yagona integratsiyalashgan parlament tarmog‘i taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Today.

Foto: panoramio.com

Foto: panoramio.com

Avvalroq “O‘zbekistonda ikki palatali parlament tizimini yanada mustahkamlash va mahalliy Kengashlar bilan aloqalarni rivojlantirish” qo‘shma loyihasi bo‘yicha Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi Moliyaviy bitimni bir yilga cho‘zish maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qilingan edi.

Ushbu bosqichda O‘zbekiston parlamenti palatalarining elektron portallarini ishlab chiqish va joriy etish, ularni elekton hujjat aylanmasi, elektron arxivlar, “Qonun” axborot-qidiruv tizimi kabi bo‘lajak quyi tizimlar bilan birlashtirish ko‘zda tutilmoqda. Dastur doirasida hozirgacha Oliy Majlis va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi elektron kutubxonalari yaratildi va elektron tezaurus ishlab chiqildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Vafotidan keyin taqdirlangan Tupak Shakur, Isroil armiyasiga tosh otayotgan falastinlik, pichoqlangan bolalar — 8-iyun suratlari
Qozog‘iston
Qozog‘istonda odamlar orasida Sibir yarasi aniqlandi
Dunyo
BMT Falastinda sodir etilgan urush jinoyatlari uchun Isroilni aybdor deb topdi