8-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligiga bag‘ishlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazining yetakchi mutaxassisi Feruza Fuzaylova xabar berdi.
Tadbirda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.
Konsertda Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari va markaz qoshidagi raqs to‘garaklari a’zolari o‘z sahnaviy chiqishlari bilan tomoshabinlarni xushnud etdi.
Shu kuni harbiy xizmatchilar va ularning farzandlari o‘rtasida shaxmat, stol tennisi, rasm chizish, o‘q otish, armrestling bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
G‘oliblar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Izoh (0)