Ukraina BMT Xalqaro sudiga Rossiya Federatsiyasi tomonidan Terrorchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyaning buzilishi bo‘yicha da’vo qilish protsedurasini boshladi. Bu haqda Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk ma’lum qilgan, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Qayd etilishicha, avgust oyida Ukraina adliya vaziri Pavel Petrenko Kiyev mamlakat sharqidagi voqealarda Rossiya Federatsiya tomonidan terrorchilikni moliyalshtirishga nisbatan arz qilish ishlari boshlab yuborliganini ma’lum qilgan.
Yatsenyukning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina BMT Xalqaro sudida Rossiya tomonidan Terrorchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiya buzilganini isbotlamoqchi.
Izoh (0)