Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sobiq Ittifoqning birinchi va oxirgi prezidenti Mixail Gorbachyov Rossiya va G‘arb davlatlarini o‘rtadagi keskin munosabatlarni iliqlashtirish bo‘yicha sammitlar o‘tkazishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

Foto: “Rossiya segodnya”

Foto: “Rossiya segodnya”

“Men Rossiya va AQSh yetakchilariga keng kun tartibi bo‘yicha oldindan hech qanday shartlar qo‘ymasdan sammit o‘tkazishni taklif qilaman. Munosabatlarning barcha jabhalari va muammolarni ko‘rib chiqish kerak. Baribir ushbu ikki davlat zimmasida ulkan mas’uliyat bor. Ular bu mas’uliyatlardan chetga chiqa boshlasa, butun dunyo uchun og‘ir oqibatlar bo‘ladi”, − dedi Gorbachyov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, global tahdidlar ustida ishlashni qayta boshlash, shuningdek 1990-yillar boshida ilgari surilgan Yevropa uchun Xavfsizlik kengashini ishlab chiqish kerak. U yuqorida aytilganga o‘xshagan sammit Rossiya va Yevropa ittifoqi o‘rtasida ham o‘tkazilishi lozimligini ta’kidlagan. Gorbachyovning aytishicha, kimdir tashviqot urushida mag‘lub bo‘lishidan qo‘rqmaslik kerak, chunki bu tarixda qolib ketgan bo‘lib, hozirda kelajak haqida o‘ylash lozim.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Gaagada Ukrainaning Rossiyaga qarshi da’vosi yuzasidan tarixiy sud bo‘lib o‘tmoqda
Mahalliy
Toshkent viloyatida 5 yoshli bola kanalda oqib ketdi
Sport
“Yuventus” Superliga loyihasidan chiqishini e’lon qildi. Klubga UEFA bosim qilgani aytilmoqda