Konnektikutdan Vashingtonga parvoz qilayotgan American Airlines aviakompaniyasi yo‘lovchilari samolyot bortida g‘alati holatga duch keldi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Ekipaj dastlab g‘alati ovozga e’tibor qaratmagan. Bortda hayvon axlatining hidi tarqalgach esa styuardessalar gap nimadaligini anglagan. Ma’lum bo‘lishicha, yo‘lovchilardan biri 40 kilogrammlik cho‘chqani o‘zi bilan birga bortga olib chiqqan.
Ayol uni ruhiy ko‘mak maqsadida olib chiqqani aytgan. Cho‘chqa sohibasiga chiqish eshigi ko‘rsatilganda, u hayvon solingan bagajni yelkasiga ortib, samolyotni tark etgan.
Izoh (0)