Rossiya Davlat Dumasi deputati Vladimir Vasilyevning yordamchisi Pavel Abakumov binoning 18-qavatidan yiqilib halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari bergan xabarga ko‘ra, Moskva sharqidagi Pogonniy hududidagi 14-uy yaqinidan 32 yoshli Abakumovning jasadi topilgan.
Abakumov “Huquqni muhofaza qiluvchi, qonun chiqaruvchi va sud organlari bilan birgalikda harakat bo‘yicha milliy fuqarolik qo‘mitasi” umumrossiya jamoatchilik tashkiloti direktori, qator jamoatchilik tashkilotlari rahbariyati a’zosi, Rossiya jurnalistlar ittifoqi a’zosi bo‘lgani qayd etilgan.
Izoh (0)