Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbulda o‘tkazilgan ayollar huquq va erkinliklariga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda ayol kishi erkak bilan teng bo‘lolmaydi, deb hisoblashini, chunki bu tabiat qonunlariga zid bo‘lishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Erkak va ayol o‘rtasidagi qandaydir tenglik haqida gapirishadi. Erkaklarning o‘g‘il bolalar bilan tengligi haqida gapirish mumkin. Ayollar faqat ayollar bilan teng bo‘ladi. Erkak va ayol huquqlarining tengligi haqida gapirib bo‘lmaydi, chunki bu tabiatga zid keladi”, − dedi Erdo‘g‘an.

Shuningdek, Turkiya prezidenti mamlakatdagi feminizm harakatini ham tanqid qildi. Uning fikricha, feminizm onalik g‘oyasini inkor qiladi. Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, erkak va ayolning biologik farqlari ular hayotda bir xil funksiyalarni bajara olmasligini anglatadi.

“Dinimiz (islom) ayolning hayotdagi o‘rnini aniqlab bergan − onalik. Ba’zilar buni tushunadi, boshqalar esa tushunolmaydi. Siz buni feministlarga tushuntirolmaysiz, chunki ular onalik g‘oyasini qabul qilolmaydi”, − dedi Turkiya prezidenti.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Farg‘onada italiyalik ayol YTH oqibatida vafot etdi
Mahalliy
Jahon banki prognozi: O‘zbekiston keyingi ikki yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yaxshi iqtisodiy o‘sishga ega bo‘ladi
Shou-biznes
Qirol Abdulla II va qirolicha Raniya baxtining aks tomoni: Iordaniya qirollik oilasining sirlari va fojialari