Yaponiya bosh vaziri Shinzo Abe hukumat yig‘ilishida mamlakat parlamentining quyi palatasini tarqatib, muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini rasman e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Tegishli hujjatlarni mahkamaning barcha a’zolari imzolagan. Saylov kampaniyasi rasman 2-dekabrdan boshlanadi. Muddatidan oldingi saylovlarning o‘zi esa 14-dekabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
Yaponiya Konstitutsiyasiga binoan, parlamentning quyi palatasini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qaror bosh vazir tomonidan qabul qilingach, unga imperator tegishli yorliqni qo‘yadi. Shundan keyin hujjat quyi palataning yalpi majlisida o‘qib eshittiriladi va palata tarqatilgan deb hisoblanadi.
Muddatidan oldingi umumxalq saylovlarni o‘tkazish qarori bosh vazirning iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish dasturi amalga oshirilishini davom ettirishda saylovchilarga tayanish maqsadiga bog‘liqligi aytilgan.
Izoh (0)